Studentlar uchun marketing bo’yicha interaktiv konkurs
Ushbu promo-konkurs bizning mahsulotni keng kreativ reklama qilish uchun o’tkazildi. Lekin asosiy maqsad bizning mahsulotimiz shunchalik oddiygina tanalib qolishi emas, balki butun shahar aholisi ichida eslab qolinishi edi. Yuqori darajali universitet va institut talabalari qatnashdi: Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, Toshkent davlat sharq shunoslik instituti, Toshkent moliya instituti, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
Konkurs ikki turdan iborat edi. Birinchi tur – tanlash turi bo’lsa, ikkinchi tur – interaktiv amaliyot.
Birinchi tur ham ikki bosqichga bo’lingan edi. Birinchi bosqichda talabalar alkagolsiz ichimliklarni tarqatishdagi o’zlarining marketing planlarini ko’rsata berishlari kerak edi. Birinchi bosqich ikkinchi bosqichida qisqa vaqt ichida berilgan vazifani bajarib berishlari kerak. Ikkinchi bosqich adolatli tanlash uchun o’tkazildi.
Birinchi turda talabalardan ko’pgina yangiliklar o’zimizga oldik. Ularning fikrlari juda ham kreativ edi. Shuni aytish mumkinki, ular o’zlarining istaklarini ko’rsatib berishdi.
Ikkinchi tur asosiy tur hisoblanadi. Bu turda studentlar to’la o’zlaning fikrlarini amalda ko’rsatishdi. Ular juda ham bizning mahsulotni reklama qilishga harakat qilishdi. Bu oddiygina hammani jalb qiladigan aksiya emas edi, balki bu talabalar va shahar aholisi uchun ham katta bayramga aylandi. Bu gap tasdig’I sifatida http://pr.uz/glas-naroda/5077sayt forumida yozilgan so’zlarni keltirishimiz mumkin: “men bu aksiyada bor edim, shuni aytishim mumkinki man bunday yorqin aksiyani hali ko’rmagan edim, Haqiqiy bayramga aylantirishdi… butun aksiya davomida yangidan yangi syurprizlar paydo bo’lardi.” Qatnashgan talabalarning o’zlari barcha yangiliklarni sayt orqali tarqatishdi. Bu saytni butun dunyodan 2000 tadan kam bo’lmagan foydalanuvchilar kirgandir. Bizning SPLASH brendimiz esda qolarli bo’ldi. Promo-aksiya o’tkazish uchun talabalar kuchlarini ham, bilimlarini ham, moddiy xarajatlarini ham ayamadilar. Ular o’zlari banner, tarqatmalar chop etdilar, Splash odamchalar qilishdi. Shuni aytish mumkinki talabalar barcha vazifalarini 100%ga bajarishdi. Ular bizning umidimizni oqlay bildilar.
Minnatdorchilik belgisi sifatida “Rano Bottlers” kompaniyasi tomonidan “Sharshara” restoranida kichkinagina party o’tkazildi. Unda taqdirlash marosimi o’tkazilib, go’liblar e’lon qilindi va sovg’alar va sertifikatlar tarqatildi.

Splash® Party Akcent bilan

